Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston ichki ishlar vaziri prezidentning uchta «oxirgi ogohlantirishi»dan keyin lavozimidan chetlatildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ichki ishlar vaziri, politsiya general-leytenanti Iskandar Mulikovni o‘z lavozimidan bo‘shatdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘z faoliyati davomida va vazirlikka bo‘ysunuvchi tuzilmalar rahbariyatida yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar, o‘z xizmat mavqeini suiiste'mol qilganlik hamda xizmat majburiyatlarini qo‘pol buzganlik uchun Mulikovning unvoni politsiya mayorigacha pasaytirilgan hamda u barcha davlat mukofotlaridan mahrum etilgan.
Uning o‘rniga bosh vazir o‘rinbosari Mammetxon Chakiyev vazir etib tayinlangan.
Aprelda Turkmaniston prezidenti Mulikovga vazifalarini tegishlicha bajarmaganlik va faoliyatidagi kamchiliklar uchun oxirgi ogohlantirish bilan qat'iy hayfsan e'lon qilgandi.
Mulikov uchun bu hayfsan 2009 yil mayida vazir etib tayinlangandan keyin 12-hayfsan bo‘lgan. Unga e'lon qilingan oxirgi uchta hayfsan “oxirgi ogohlantirish” bilan chiqarilgan.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025