Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘allaga xarid narxi belgilashdan voz kechish masalasida parlament taklif beradigan bo‘ldi

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashining murojaatnomasi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ishchi guruh tuzildi.
Palata matbuot xizmatidan ma'lum qilinishicha, murojaatnoma kelib tushgan 2 oktabr kuniyoq mazkur masala yuzasidan tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Bevosita Spiker boshchiligida o‘tgan majlisda siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari, qo‘mitalar raislari va deputatlar qatnashgan.

«Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruh murojaatnomada keltirilgan har bir dalil va taklifni joylarga chiqqan holda, don korxonalari, fermerlar hamda iste'molchilar bilan bevosita uchrashib, har taraflama o‘rganadigan, xalqimizning fikr-mulohazalarini olgan holda, zarur chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan taklif tayyorlaydigan bo‘ldi», – deyiladi rasmiy axborotda.
Eslatib o‘tamiz, Fermerlar kengashi hukumat va parlamentga yo‘llagan o‘z murojaatida g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechish so‘ralgan edi.
Mavzuga oid
15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
11:10 / 30.04.2025
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?
18:00 / 23.04.2025
Taklifi inobatga olinmagan liberallar, normani qat’iy himoya qilgan tashabbuskorlar – Qonunchilik palatasi yalpi majlisi qanday o‘tdi?
18:13 / 22.04.2025