Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchta viloyatda “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” ishtirokida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etiladi
“LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” MChJ ishtirokida maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishcha, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” MChJning Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari hududida imkoniyati cheklangan bolalar uchun reabilitatsiya markazlari bo‘lgan har biri 150 o‘rinli ikkita ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotini hamda Buxoro viloyati hududida 250 o‘rinli umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Obektlarning binolari va inshootlarini loyihalashtirish, qurish, jihozlash va foydalanishga topshirish 2021 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” MChJning homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligiga obektlarni qurish uchun:
Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasidagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 1,5 gektar;
Qarshi shahri, Jayhun ko‘chasidagi “Roguzar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 1,9 gektar bo‘lgan tegishli yer uchastkalarining bir hafta muddatda belgilangan tartibda ajratilishini ta'minlaydi.
Toshkent viloyati hokimligi Qibray tumani, “Darxon” mahalla fuqarolar yig‘ini, Darxon ko‘chasi 201-uy manzilida joylashgan “Navbahor” sanatoriysi hududining bir qismi hisobidan 2 gektar bo‘lgan yer uchastkasining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan bir hafta muddatda belgilangan tartibda ajratilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
17:41 / 15.05.2025
Ta’lim sohasi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan majlislarga chaqirish taqiqlandi
21:51 / 13.03.2025
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat
18:47 / 24.12.2024
Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etiladi, 162 ta bog‘cha quriladi
14:43 / 20.12.2024