Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘dod Amreyev O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga qo‘shilish qarorini olqishladi
2019 yilning 4 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK) bosh kotibi Bog‘dod Amreyevni qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va TTDHK o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Bosh kotib Bog‘dod Amreyev 2009 yilda imzolangan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinganini olqishladi. Ushbu voqea TTDHK doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi va tashkilot salohiyatini sezilarli darajada mustahkamlaydi.
Uchrashuvda TTDHKning Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan yettinchi Sammitida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi
17:07 / 08.04.2025
AQSh O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi
11:34 / 24.03.2025
Abdulaziz Komilov YeIning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori bilan uchrashdi
16:26 / 12.12.2024