Jahon | 09:22 / 06.10.2019
33266
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya o‘zini Gollandiya deb atashdan voz kechdi

Foto: EPA/UPG

Niderlandiya hukumati “rebrending” o‘tkazib, mamlakatning Gollandiya deb atalishidan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi. 

Mamlakat rahbariyati fikricha, Gollandiya nomi barchada giyohvand moddalar va qizil fonuslar kvartalini eslatadi. Vaholanki, Niderlandiya o‘zini “global muammolarni hal qilish uchun ilg‘or texnologiyalar ishlab chiquvchi” davlat sifatida namoyish qilmoqchi. 
 
Endi Niderlandiya nomi Tokiodagi Olimpiadada hamda Yevrovideniye-2020 musiqiy tanlovida faol qo‘llanadi. Futbol bo‘yicha terma jamoa ham endi “Niderlandiya jamoasi” deb ataladi.

Shimoliy va Janubiy Gollandiya Niderlandiyaning 12 viloyatidan ikki viloyati hisoblanib, tarixiy ma'lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyani Rossiya imperatori Pyotr I u yerdan qaytgandan keyin yanglish tarzda Gollandiya deb atay boshlagan.

Mavzuga oid