Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxtaobod tumaniga Jahon banki investitsiya kiritadi
Bugun, 8 oktabr kuni, Iqtisodiyot va sanoat vazirligida Jahon banki ekspertlari va vazirlik vakillari bilan birgalikda «Obod qishloq» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihaga respublikaning 400dan ortiq qishloqlari kiritilgan bo‘lib, ularning orasida Andijon viloyati Paxtaobod tumani Sohil qishlog‘i ham kiritilgan.
Farg‘ona viloyati «Taraqqiyot» aholini turmush tarzini rivojlantirish markazi vakili Shamshod Yunusov loyiha haqida batafsil ma'lumot berdi.
«Joriy yilning iyun oyidan beri Jahon banki hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan hamkorlikda yirik loyihada ishtirok etishni boshladik. Loyihaning bir qismi sifatida Paxtaobod tumani Sohil qishlog‘i tanlab olindi. Bunda hududning og‘ir sharoiti hisobga olindi. Ahamiyatli jihati shundaki, qishloq infratuzilmasini rivojlantirishda aholi fikrini to‘liq qamrab olishga harakat qilindi, ya'ni bunda ularning muammolari tinglandi. Kuzatuvlarimizga ko‘ra, Sohil qishlog‘ida suv, elektr ta'minotida kamchiliklar, ichki yo‘llar ta'mirlanishi, qo‘shimcha maktab qurilishi zaruriyati kabi holatlar aniqlandi. 2020 yildan boshlab loyihaga start beriladi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shu kabi yana qator qishloqlarni rivojlantirish jarayoni 2024 yilgacha davom ettirilishi rejalashtirilgan. Bu vaqt davomida ushbu og‘ir sharoitli hududlarning suv ta'minoti va kanalizatsiya, yo‘l qurilishi, ijtimoiy obektlar qurilishi kabilar amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025