O‘zbekiston | 12:07 / 08.10.2019
18909
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.

Jahongir Aminov Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasining Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Qayd etilishicha, u bunga qadar MDH mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 

Mavzuga oid