Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroydagi restorandan 25 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi
Shu yilning 21 sentabr kuni poytaxtning Yakkasaroy tumanida noma'lum shaxslar Muqimiy ko‘chasi 1-«A» uyda joylashgan «Podnebesnaya» restoraniga kalit tanlash yo‘li bilan kirgan.
«Postda» nashri xabariga ko‘ra, ular omborxonadagi seyfdan restoran ish boshqaruvchisi U.L.ga tegishli 25 million so‘mni o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni ushbu restoranning sobiq ishchisi, Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi U. A. va uning mahalladoshi V.O. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, hozir tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
23:43 / 05.05.2025
Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
23:03 / 07.04.2025