Jamiyat | 22:31 / 12.10.2019
57771
2 daqiqa o‘qiladi

Jahongir Ortiqxo‘jayev «Tashkent City» ochilishi munosabati bilan o‘z xalqiga videomurojaat qildi

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev «Tashkent City»ning ochilishi munosabati bilan video murojaat yo‘lladi. Hokim o‘z videomurojaatida shunday dedi:

«Qadrli va aziz xalqim!

Bugun «Tashkent City»ning ochilish kunida o‘tiribmiz.

Hammangizni ertadan boshlab «Tashkent City»ga kelishingizni, parkini ko‘rib hordiq chiqarishingizni, oilangiz bilan maza qilib, Toshkentimizni yana bir keyingi etapda yutug‘imizni ko‘rishingizni tilab qolamiz.

Bu — xalqimiz uchun, bu joy millatimiz uchun!

Iloyim, millatimizga ushbu yaxshi joy buyursin!

Xalqimiz kelib yayrasin! Farzandlari bilan o‘ynab-kulsin!

Bu hammasi xalqimiz — O‘zbekiston xalqi uchun va aziz, mehribon millatimiz uchun!»

Kun.uz muxbiriga ko‘ra, bugun yakunlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlisida spiker Tanzila Norboyeva Jahongir Ortiqxo‘jayev xohlovchi barcha senatorlarni «Tashkent City»ga tomoshaga borishga taklif qilganini e'lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 oktabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hamrohligida «Tashkent City»ning tayyor bo‘lgan ilk obektlarini borib ko‘rgan edi.

Mavzuga oid