O‘zbekiston | 21:33 / 13.10.2019
21529
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi o‘z jiyani tomonidan o‘ldirildi

Sankt-Peterburgda ikki qarindosh o‘rtasidagi yoqalashuv oqibatida jiyan o‘zbekistonlik amakisini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

“O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligi 11 oktyabrda Kalinin tumanida yuz bergan va O‘zbekiston fuqarosining o‘limiga olib kelgan mushtlashuv haqida bir qator OAV tarqatgan axborotni tasdiqlaydi”, deyilgan xabarda.

Qotillikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan va unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tashqi ishlar vazirligi bosh konsullik vaziyatni o‘z nazoratiga olgani va tergov idoralariga yuz bergan voqea bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot taqdim qilish haqida so‘rov yuborganini ma'lum qildi. 

Mavzuga oid