Jamiyat | 13:50 / 14.10.2019
15915
3 daqiqa o‘qiladi

«Qora kunlar»ni olib kelgan oqqon. Namanganlik Begzodbekka jiddiy operatsiya uchun mablag‘ zarur

Oila boshlig‘i bo‘lish inson gardaniga ko‘plab mas'uliyatlarni yuklaydi. Kimdir buni to‘kis ado etadi, kimdir esa yo‘q. Kimdir azoblar boshiga tushsa ham o‘z burchini bajaraveradi, kimdir oddiy sinovlar oldida ham taslim bo‘ladi. Navbatdagi xayriya murojaati bizga biroz noodatiy bo‘lib tuyuldi.

Respublika 2-son gematologiya shifoxonasida davolanayotgan Begzodbek Erkinov oqqon kasalligi bilan xastalangan. Odatda biz bilan intervyuda bemorning onasi suhbatlashar, otalar esa kadr ortida qolardi. Bemor otasi Dilshod Ismoilov esa farzandining tuzalishi uchun intervyu berishdan qochmadi.

«Avval o‘g‘limda taloq shishish holati bo‘ldi. Bu qon hujayralari buzilganidan bo‘lar ekan. Namanganda tekshirtirganimizda gematolog ko‘rishi kerak deyishdi. Keyin natijalar oqqonni ko‘rsatdi. Keyin dorilarni olib yurdik. Iyun oyida burnidan qon kelishni boshladi. Vaqt o‘tishi bilan og‘irlashib ketdi. Hozir shifokorlar ilik ko‘chirish kerakligini aytmoqda. Rossiya yoki Turkiyada qilinar ekan. Tanishlardan so‘rasam, 60 ming AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ ketar ekan. To‘g‘risi, mablag‘ juda ko‘p ketyapti. Haftalab davolanadi, 1-2 kunga uyga javob beradi. Ikki kurs bor, keyin ilik ko‘chirish deyishyapti.

Halovat yo‘q. Fikri xayolingiz shunda bo‘lib qolar ekan. Avvalo, Xudo, lekin qarab chidolmaysiz-da. Juda og‘ir. Bir kursda 20 million so‘m ketadi, agar yaxshi bo‘lsa. Bo‘lmasa yana muolaja olishi kerak. Farzandingizni qiynalganini ko‘rish juda azob ekan», – deydi bemor otasi ko‘zidagi yoshlarini to‘xtata olmay.

Og‘ir iqtisodiy holat va ayanchli vaziyatga tushgan ushbu oila ko‘makka muhtoj. Sodda va birovning qo‘liga qaramagan bu oila yordam so‘rashdan boshqa iloji yo‘q. Bu otaning holatiga hozir hech kim havas qilmasa kerak. U peshona teri, zahmat chekib topgan puli qancha ham bo‘lardi. Axir, operatsiya uchun katta mablag‘ zarur. Bunga u bor bisotini sotsa ham yetmaydi.

Dilshod Ismoilov (otasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0417 6311 8305 (Agrobank)

MFO: 00394

INN: 201200124

Naqd pul topshirganda: 23116000600000394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000400000394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000394001

Sberbank: 4817 7600 8871 1696 (Baxtiyor Yunusov – bemorning tog‘asi)

Telefon raqami: (99) 303 56 77

Bahodir Ahmedov

Mavzuga oid