Jahon | 18:31 / 15.10.2019
10460
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya AQSh sanksiyalariga qaramasdan Suriyadagi operatsiyadan voz kechmasligini bildirdi

Foto: AP Photo/Lefteris Pitarakis

Turkiya AQSh joriy etgan sanksiyalarga qaramasdan Suriyadagi harbiy operatsiyadan aslo voz kechmaydi. Bu haqda Turkiya parlamenti spikeri Mustafo Shonto‘p ma'lum qildi.

"Aslo <...> Turkiya chegara yaqinida terrorchi tuzilmalar uchun yo‘lak yaratilishiga yo‘l qo‘ymaydi", - dedi Shonto‘p.

U kurd tuzilmalari Turkiya chegarasi atrofida "koalitsiya kuchlari soyasi ostida muxtor hudud tashkil etishga urinayotgan terrorchi tashkilot" ekanligini ta'kidladi.

Shonto‘p shuningdek, AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalar Turkiya uchun kutilmagan hol bo‘lmaganini aytdi.

"Bu kutilmagan hol emas, chunki bu AQShda allaqachon muhokama qilingandi. Ular sanksiya kiritish orqali xalqaro siyosatni boshqara olamiz deb o‘ylashadi, ammo ular nohaq. Sanksiyalar – jahon tajribasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, xalqaro siyosatda natijaga erishish yo‘li emas", - dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid