Google yangi smartfonlarini namoyish etdi
Google Nyu-Yorkda o‘tkazilgan taqdimot marosimida o‘zining Pixel 4 va 4XL smartfonlarini namoyish etdi.
Smartfonlarga mos ravishda diagonali 5,7 va 6,3 dyuymli OLED-displeylar o‘rnatilgan. Batareyalari quvvati 2800 mAs va 3700 mAsni tashkil etadi. Har ikki qurilma tezkor quvvat olish funksiyasiga ega. Ularning operativ xotirasi 6 Gb, ichki xotirasi esa 64 yoki 128 Gb bo‘lib, Snapdragon 855 protsessori bilan jihozlangan. Smartfonlar ikkita SIM-karta bilan ishlashi mumkin, oynalari esa Gorilla Glass 5.
Qurilmalarni yuz qiyofasi yordamida blokdan chiqarish mumkin.
Bundan tashqari, smartfonlarga radar ham o‘rnatilgan. Qurilmaga qo‘l tekkizmasdan ishora orqali ovozni balandlatish yoki pasaytirish mumkin.
Kameralar 4K formatda videoga olish imkoniyatiga ega.
Diktofon inglizcha nutqni internetga ulanmasdanoq matnga aylantira oladi.
Yangi smartfonlarning narxlari 799 va 899 dollar bo‘lib, 24 oktyabrdan sotuvga chiqadi.
Mavzuga oid
20:53 / 21.11.2024
Google o‘zining Gemini chatbotiga foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini eslab qolish funksiyasini qo‘shdi
17:51 / 19.11.2024
Bloomberg: AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome’ni sotishni talab qiladi
22:46 / 18.11.2024
Google pochtani spamlardan himoya qiluvchi yangi funksiyani ishga tushiradi
22:19 / 14.11.2024