Ishtixonliklar avariya holatidagi eski ko‘prikdan foydalanishmoqda: yangisi qachon bitkazilishi barchaga qiziq
Ishtixon tumanida 1969 yilda barpo etilgan, tuman markazini Mitan shaharchasi bilan bog‘laydigan ko‘prik avariya holatida. Yangi ko‘prik qurilishi esa cho‘zilmoqda.
Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi Oqdaryo daryosi uzra tushgan ko‘prik qurilganiga 50 yil bo‘lmoqda. 1969 yilda barpo etilgan bu ko‘prik tuman markazi Ishtixon shahrini Mitan shaharchasi bilan bog‘laydi.
Ayni kunlarda yarim asr muqaddam o‘sha vaqtdagi ehtiyojdan kelib chiqib barpo etilgan ko‘prik torligi va juda eskirgani tufayli bugungi kun talablariga javob bermay qolgan.
Avariya holatiga kelib qolgan ko‘prikdan og‘ir yukli yuk mashinalari o‘tishi taqiqlab qo‘yilgan, biroq yuk mashinalari yuksiz o‘tganida ham ko‘prik chayqalib, tebranib turadi.
Hozir eski ko‘prik yonidan Oqdaryo uzra yangi ko‘prik barpo etilmoqda. U kengroq — to‘rt polosali bo‘ladi. Biroq qurilish ishlari to‘xtab qolgan. Chunki ko‘prik qurilishi uchun zarur qurilish materiallari yetkazishda uzilishlar ro‘y bermoqda.
Ishtixon tuman hokimi Shuhrat Negmatovga bu borada murojaat qilganimizda, qurilish uchun zarur mablag‘lar ajratilgani, biroq aynan qurilish materiallari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani sababli qurilish-montaj ishlari oqsayotganini aytib o‘tdi.
Ishtixonliklar esa hozircha eski ko‘prikdan yurak hovuchlab foydalanishmoqda. Ular yangi ko‘prik tezroq ishga tushishini orziqib kutishmoqda.
Chindan ham, qishning qirovli va yog‘inli kunlariga qoldirmasdan yangi ko‘prikni ishga tushirish kerak. Toki, eski ko‘prikda biror kor-hol ro‘y bermasdan.
Shuhrat ShOKIRJONOV, Kun.uz muxbiri,
Faxriddin HOTAMOV, tasvirchi.
Mavzuga oid
15:34 / 24.04.2024
Samarqandda 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olish holati aniqlandi
11:10 / 15.06.2022
Ishtixon tumani hokimi o‘zgardi
18:45 / 11.01.2021
Tanqiddan so‘ng: Ishtixondagi qishloqqa beton simyog‘och o‘rnatish boshlandi
13:04 / 09.01.2021