Jamiyat | 15:20 / 17.10.2019
13095
3 daqiqa o‘qiladi

30 yildan buyon dard bilan kurashayotgan urgutlik yigit yaxshilar ko‘magiga muhtoj

Tahririyatga Samarqand viloyat Urgut tumanida yashovchi Navro‘z Islomov yordam so‘rab murojaat qildi. Navro‘z uch yoshida surunkali gepatit bilan og‘rib, keyinchalik ana shu kasallik asoratlarini yengish uchun ko‘plab shifoxonalarda davolanishga majbur bo‘lgan.

Shu sababdan bo‘lsa kerak, ma'lum muddat kasallikni yengib, insonlarni davolash istagida Toshkent Pediatriya institutiga o‘qishga kirgan. Vaqt o‘tib yana turli dardlar xuruj qila boshladi. 2010 yilga kelib baribir kasallik kuchini ko‘rsatdi. Holdan toygan Navro‘z ikki yil akademik ta'til olib Toshkentdagi akademik V.Vohidov nomli Respublika ixtisoslashgan xirurgiya markazi mutaxassislariga murojaat qildi. Yana uzoq vaqt davolanishga to‘g‘ri keldi.

2019 yilda Navro‘z Islomovda «splenorenal anastomoz qo‘yish» operatsiyasi o‘tkazildi. Biroq operatsiyadan keyin ham baribir kundan-kun ahvoli yomonlashib bordi. Shunga qaramay intilishda davom etgan Navro‘z o‘qishni bitirdi.

U har doim parhezda yurdi, muntazam davolanib bordi. Davolanishni avval yilda bir bo‘lsa keyin har 6 oyda, 3 oyda amalga oshirishga to‘g‘ri keldi. Endi esa har oyda davolanishga to‘g‘ri kelmoqda. Shu sababdan uning moliyaviy ahvoli og‘irlashib qolgan. Ota-onasi esa nafaqada. Hamisha Gepa mers poroshok (kuniga 6 donadan), Plazmoforez (qonni zaharli moddalardan tozalash), Dyufalak siropi ichib turishi kerak.

V.Vohidov nomli Respublika ixtisoslashgan xirurgiya markazi mutaxassislari Navro‘z Islomovga jigarni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi lozim deb topgan. Buning eng qulay va arzon varianti Hindiston bo‘lib, u yerda ushbu operatsiyasini o‘tkazish uchun o‘rtacha 35 000 (o‘ttiz besh ming) AQSh dollari miqdorida mablag‘ kerak. Ayni damda esa Navro‘zda davolanish uchun ham mablag‘ qolmagan...

Uch nafar bolaning otasi bo‘lgan Navro‘zning ota-onasi, oilasi, farzandlari uning tuzalib ketib oilasi bag‘rida sog‘-omon yurishidan umidvor. Buning uchun esa Navro‘zga sizning duolaringiz va yordamingiz kerak. Yaxshilar ko‘magiga muhtoj yigitdan yordamingizni ayamang.

Navro‘z Islomov nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0804 1298 0533

Anvar Mustafoqulov tayyorladi

Mavzuga oid