Jamiyat | 09:20 / 17.10.2019
286314
7 daqiqa o‘qiladi

Bo‘g‘im kasalliklarini davolash va oldini olishda nimalarga e'tibor berish kerak? Shifokor tavsiyasi

Kun.uz sog‘lom hayot loyihasi orqali bugungi kunda ko‘p uchrayotgan va oldini olish dolzarb bo‘lgan kasalliklar haqida ma'lumot berishda davom etadi.

Kuzda ba'zi kasalliklar qo‘zg‘alishidan xabardormiz. Havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadigan yuqumli kasalliklardan tashqari, bo‘g‘im xastaliklari ham ayni shu davrda bosh ko‘taradi. Ular sirasiga bod, ya'ni, revmatizm, artrit, osteoartroz, bo‘g‘imlarning yemirilishiga olib keladigan yuqumli va tug‘ma kasalliklar kiradi. Bo‘g‘im kasalliklari 150 dan ortiq kasallikni o‘ziga qamrab olar ekan. Bugun sizga bo‘g‘im kasalliklarini aniqlash, davolash tashxislash va oldini olish bilan bog‘liq foydali ma'lumotlar berishni maqsad qilganmiz. Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh ilmiy xodimi Akbar Abdullayev bizga bu kasallik haqida so‘zlab berdi.

“Revmatik kasalliklarni ichiga bo‘g‘im kasalliklari ham kiradi. Bo‘g‘im kasalliklari 150 ta kasallikni o‘ziga qamrab olgan. Odamlarni jarohatga va nogironlikka sabab bo‘luvchi kasalliklar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bular hammaga tanish revmatizm, artrit, osteoartrit, tizimli kasalliklar hisoblanadi. Bu kasallikar ichida eng ko‘p tarqalgani esa osteoartrit (osteoartroz)dir. Kasallik umumiy aholining deyarli 4 foizida uchraydi. Oldinlari bu kasallik yoshi kattalarda, ya'ni 60-70 yoshlilarda uchraydi, degan fikr bo‘lardi. Bugungi kunda bu kasallik yosharib, yoshlarda ham uchrayapti. Buning sabablari juda ko‘p, lekin aniq bir sababi haligacha aniqlanmagan.

Akbar Abdullayev

Kasallik kelib chiqishiga modda almashinuvining o‘zgarishi, ko‘p yoki kamharakatlilik, tashqi muhit, nasliy moyillik kabi bir qator sabablarni aytib o‘tishimiz mumkin.

Bu kasallik mayda va yirik bo‘g‘imlarni ham shikastlaydi. Kasallikning oldi olinmasa, borib-borib bemorning ahvoli og‘irlashishiga va hayot tarzining buzilishiga olib keladi.

Kasallikning belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi?

Kasallik belgilarini faqat shifokorlar emas, balki boshqa soha vakillari ham bilishi mumkin. Bo‘g‘imlarda og‘riqning paydo bo‘lishi. Og‘riq ko‘pincha kunning ikkinchi yarmidagi jismoniy zo‘riqishlardan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Og‘riq harakatlarga bog‘liq. Tinch holatda esa og‘riq kechasi bo‘lishi mumkin.

Eng ko‘p kuzatiladigan holat tizza bo‘g‘imlarda og‘riqning paydo bo‘lishi. Qaysi bo‘g‘im ko‘p ishlasa, o‘sha bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi. Masalan, futbolchilarda tizza, tennischilarda tirsak, quruvchilarda ham yelka ham tirsak va mayda bo‘g‘imlar shikastlanishi mumkin.

Agar biz bo‘g‘imni o‘rganib chiqadigan bo‘lsak, sog‘lom bo‘g‘in harakat qilganida hech qanday og‘riqlar sezmaydi. Bo‘g‘imlarda harakat erkin bo‘ladi.

Har xil sabablarga ko‘ra tog‘ayda o‘zgarishlar boshlanadi. Tog‘ayning silliqligi yo‘qoladi. Shuning natijasida og‘riqlar kelib chiqadi. Borib-borib tog‘aylar yemirilishi mumkin. Bu yemirilish keyinchalik suyakka o‘tadi. Natijada bemor yurishi va harakat qilishi qiyinlashadi.

Oldini olish yo‘llari

Osteoartrit (osteoartroz)ni oldini olish uchun albatta, birinchi navbatda shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kerak. Umumiy qon tahlili, rentgen, MRT, kompyuter tomografiya usullarida tekshiruvdan o‘tish kasallikni vaqtida tashxislash imkonini beradi.

Kasallikni 4 bosqichga bo‘lish mumkin. 4-bosqichda dori vositalari deyarli foyda bermaydi. Bu bosqichni jarrohlik usuli bilan davolash kerak bo‘ladi.

Shifokor tavsiyasi. Bo‘g‘im kasalliklariga qanday dori vositalarini qo‘llash mumkin?

Kasallikni rivojlanishini oldini olish uchun kerakli dorilarni ishlatish muhim. Azaldan bemorlarni fitoterapiya yoki o‘simliklar bilan davolash usuli keng qo‘llanilib kelingan. Bu usulga qariyb 7 ming yil bo‘lgan. Ibn Sinoning «Tib qonunlari» kitobida 2400 dan ortiq dori vositalari keltirib o‘tilgan. Shu dori vositalaridan 1400 tasi o‘simlik dori vositalariga ajratilgan.

Ana shunday tabiiy o‘simlikdan tayyorlangan dori vositasi bu “ARTIFARM” dori vositasidir. Bu dori vositasi tabiiy bo‘lib, bo‘g‘im kasalliklarini davolash uchun eng kerakli dorivor o‘simliklardan ekstrakt qilinib, tabletkaga qo‘shilgan.

Bu tabletkani boshlanishiga bir marta, keyin ikki-uch marta ichib yursa bo‘ladi. Dori vositasining yaxshi tomoni uni uzoq vaqt ichish mumkin hamda nojo‘ya ta'siri deyarli yo‘q. Bu dori vositasi osteoartrozni davolashda, tog‘ay yemirilishini oldini olishda juda yaxshi samara beradi.

Biz biror dori vositasini qo‘llashimizda faqat foydali tarafidan tashqari uning zararli tomonini ham o‘ylashimiz kerak. O‘simlikdan olinadigan fito preparatlarning nojo‘ya ta'siri kam bo‘ladi. Tabiiy vosita bo‘lgan “ARTIFARM” dori vositasi yakka o‘zi qo‘llanilishi, yoki bo‘lmasa kompleks tarzda, ya'ni boshqa preparatlar bilan qo‘shimcha ishlatilishi mumkin. Dori vositasini bemalol shifokorlarga, bemorlarga osteoartroz kasalligini oldini olish uchun tavsiya qilamiz. Chunki kasallikni tashxislash va davolashdan tashqari uning oldini olish juda muhim. “ARTIFARM” dori vositasi kasallikni profilaktikasida yaxshi samara beradi.

Xulosa o‘rnida

Bo‘g‘im kasalliklarini oldini olishda tomoq og‘rig‘i, angina, shamollash kabi kasalliklarni oldini olib, bolalarni chiniqtirish talab etiladi. Osteoartrozni oldini olish uchun sog‘lom hayot tarziga ko‘proq e'tibor qilishimiz lozim bo‘ladi. Bu kasallik ko‘p harakatlilikda ham, kam harakatlilikda ham uchrashi mumkin. Harakatda ham harakat bo‘ladi. Masalan ko‘pchilikka jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni tavsiya qilganimizda aytishadiki: «men ertalabdan kechgacha ishda harakatda bo‘laman». Afsuski bunday holatda inson tanasi bir tomonlama harakatda bo‘ladi. Badantarbiya mashqlarida barcha bo‘g‘inlar harakatda bo‘ladi. Shuning uchun doimiy ravishda jismoniy mashqlarni bajarib turish bo‘g‘im kasalliklarini oldini oladi.

Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Rahmatillo Isroilov tayyorladi.