Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukuslik o‘quvchi yoshlar o‘rtasida yangicha harbiy musobaqa o‘tkaziladi
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tashabbusi bilan shu yilning 19 oktabr kuni nukuslik o‘quvchi yoshlar o‘rtasida harbiylashgan sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
«Ushbu musobaqa yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalariga qaratib O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusni hayotga tatbiq etish maqsadida o‘tkaziladi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining kubogi uchun tashkil etilayotgan «Yosh vatanparvarlar» harbiy sport estafetasida Nukus shahridagi 10ta maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishi belgilangan. Musobaqada bitta jamoadan 3 nafardan o‘g‘il va qiz bolalar qatnashadi.

Bellashuv Nukus garnizonidagi mini-poligonida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa shartiga ko‘ra, ishtirokchilar razvedkachilarning to‘siqli yo‘lagidan o‘tishi, BTR-80da me'yor bajarishi, avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ishi hamda o‘qdonni o‘q dorilar bilan to‘ldirishi, granata uloqtirishi, merganlik mahoratini sinovdan o‘tkazishi, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya vositalarini kiyishi belgilangan. Shuningdek, ishtirokchi qizlar shartli yaradorga tibbiy yordam ko‘rsatishi va radioaloqani ishga hozirlashi zarur.

Barcha me'yorlarni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi ta'minlanadi.
G‘olib va sovrindor jamoalar okrug qo‘shinlari qo‘mondonining maxsus sovg‘a va kuboklari bilan taqdirlanadi.


Shuningdek, harbiy sport estafeta doirasidan harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishi, qurol-aslaha va harbiy texnika namoyishi hamda konsert dasturi o‘rin olgan», deyiladi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
20:32 / 11.01.2025
Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat bo‘yicha yetakchiga aylandi
20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
19:02 / 28.10.2024
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 20 talikka kirdi
18:22 / 18.08.2024