Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda isitish mavsumi odatda qachon boshlanadi?
Toshkent shahar hokimligi isitish mavsumi bo‘yicha aholiga eslatma bilan chiqdi.
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta'minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalari”ning 13-bandiga muvofiq, xonadonlarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berish davri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlanadi va tamomlanadi.
Isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 daraja Tselsiydan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 daraja Tselsiy yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.
Barcha iste'molchilar ulanib bo‘lgandan so‘ng, 6-7 kun davomida, o‘rnatilgan toraytiruvchi qurilmalarda issiqlik ta'minoti tizimlarining sinovi olib borilishi lozim.
Iste'molchilarni ulash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- bolalar, ta'lim va davolash muassasalari;
- turar uylar;
- jamoat va maishiy binolar;
- teatr, klub, ma'muriy binolar;
- sanoat binolari.
Mavzuga oid
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
11:36 / 04.11.2024
Toshkentda 7 noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi
15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi
17:41 / 30.10.2024