Jahon | 19:30 / 19.10.2019
64036
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an kurdlarga ultimatum qo‘ydi

Turkiya yetakchisi kurdlar xavfsizlik hududini tark etishi uchun oz vaqt qolayotganini eslatdi. Aks holda turk harbiylari o‘z operatsiyalarini davom ettirishadi. 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agarda Anqara va Vashington o‘rtasida erishilgan kelishuv bajarilmaydigan bo‘lsa, turk armiyasi Suriya shimoli-sharqidagi operatsiyasini davom ettirishini ma'lum qildi, deb xabar berdi NTV telekanali.

Uning eslatishicha, kelishuvga ko‘ra, terrorchilar 120 soat ichida xavfsizlik hududini tark etishi shart.

«Bugun ikkinchi kun. Seshanba kechqurun muddat nihoyasiga yetadi», — dedi Turkiya yetakchisi. 

«Agarda kelishuv bajarilmaydigan bo‘lsa, 120 soat yakuniga yetganidan so‘ng operatsiyani va terrorchilarning boshini uzishni davom ettiramiz», — dedi Erdo‘g‘an.

Sal avval Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar shunga o‘xshash bayonot bergandi.

«Biz operatsiyani besh kunga to‘xtatdik. Terrorchilar bu vaqt ichida xavfsizlik hududidan ketishi kerak. Agar bu yuz bermasa, operatsiyani davom ettiramiz», — dedi Akar.

Mavzuga oid