Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarixdagi eng yirik bitim yana qoldiriladigan bo‘ldi
Saudiya Arabistonining «Saudi Aramco» davlat neft kompaniyasi aksiyalarining ilk bor ommaviy joylashtirilishi (IPO) boshlanishini yana ortga surdi. Bu haqda Financial Times o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Gazetaning ma'lumotlariga ko‘ra, bu ortga surish sentabr oyida kompaniya infratuzilma obektlariga dronlar vositasida hujum bilan bog‘liqdir. Qayd etilishicha, «Saudi Aramco» ushbu hujum uning choraklik daromadlarida qanday iz qoldirgani aniqlanmaguncha kutib turmoqchi.
Avvalroq IPO haqida 20 oktabr kuni e'lon qilinishi, 27 oktabr kuni joylashtirish prospekti taqdim etilishi, 3 noyabr kuni roud-shou boshlanishi ma'lum qilingan edi. Endi esa uzoq kutilgan IPO faqat dekabrda yoki kelgusi yilning yanvarida bo‘lib o‘tishi mumkin.
«Saudi Aramco»ning faqat ikki foiz aksiyasi sotuvga chiqariladi. Kompaniyaning shu kundagi yagona aksiyadori hisoblanuvchi Saudiya Arabistoni hukumati bitimdan 40 milliard dollar tushumga ega bo‘lmoqchi. Bu esa bitimni tarixdagi eng yirik IPOga aylantiradi, butun «Saudi Aramco» bahosini ikki trillion dollar qiymatida belgilab beradi.
«Saudi Aramco» IPOsi o‘tkazilishi haqida dastlabki niyatlar 2017 yilda ochiqlangan edi. O‘shanda 5 foizlik aksiyalar paketi haqida gap borgan edi. Bu holda davlatga tegishli mavjud qimmatbaho qog‘ozlarni sotish yoki yangisini chiqarish variantlari ko‘rib chiqilayotgandi. Hozir esa agentlik qo‘shimcha aksiyalarni emissiya qilmoqchi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025