Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijliklar o‘z uylariga migrantlarni ro‘yxatga qo‘ya oladi
Rossiyada istiqomat qiluvchi xorijlik fuqarolar migrantlarni o‘z uylariga ro‘yxatga qo‘yishlari mumkin bo‘ladi. Bu vaqtgacha, Rossiyada ko‘chmas mulkka ega fuqaro faqat o‘zini ro‘yxatga qo‘yishi mumkin edi.
Rossiya hukumati tasdiqlagan qonun loyihasiga ko‘ra, mamlakatda istiqomat qiluvchi xorijliklar o‘zlariga tegishli uylariga boshqa xorijlik fuqarolarni ro‘yxatga qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda hukumat saytida xabar qilinmoqda.
Shu vaqtga qadar, xorijlik fuqaro o‘z uyiga faqat o‘zini ro‘yxatga qo‘ya olar edi. Agar, u yuqori malakali mutaxassis bo‘lsa, uyiga oila a'zolarini ham qo‘yishi mumkin edi.
«Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslarni Rossiya Federatsiyasida migratsiya hisobiga olish to‘g‘risida»gi federal qonuniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasida ushbu mazkur yengillik nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025