Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyalik mashhur tennischi Rafael Nadal uylandi
Dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi, “Katta dubulg‘a” musobaqalarining 19 karra g‘olibi Rafael Nadal 19 oktyabrda Mariya Fransisko Perelloga uylandi.
33 yoshli tennischi 31 yoshli Mariya bilan 14 yil davomida uchrashib yurgan.
To‘y marosimi tennischi uchun qadrdon Mayorkada bo‘lib o‘tgan. Mehmonlar marosimga harbiy baza darvozalari orqali o‘tkazilgan.
OAV uchun yopiq holda o‘tkazilgan to‘yga 350 ga yaqin mehmon, jumladan Ispaniyaning sobiq qiroli Xuan Karlos va uning rafiqasi Sofiya, ispan tennischilari Karlos Moyya, David Ferrer, Felisyano Lopes, Xuan Monako, Mark Lopes tashrif buyurgan.
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, mehmonlarga to‘yga telefonlarsiz kelish iltimos qilingan. Mahalliy politsiya to‘y o‘tgan joyda dronlar uchirilmasligi ortidan kuzatgan. To‘yda xizmat qilgan personalga to‘y tafsilotlari bilan bo‘lishmaslik majburiyati qo‘yilgan.
Mavzuga oid
19:32 / 30.01.2022
Australian Open. Dramatik finalda Nadal super kambek evaziga Medvedevni mag‘lub etdi
09:31 / 05.11.2020
Rafael Nadal faoliyatidagi 1000-g‘alabani qo‘lga kiritdi
22:47 / 11.10.2020
Rafael Nadal Roland Garros’ning 13 karra g‘olibi bo‘ldi
22:38 / 09.10.2020