Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Ginness rekordlar kitobiga kiritildi
56 yoshli rossiyalik jurnalist, “Rossiya-1” telekanali boshlovchisi Vladimir Solovyov bir hafta davomida efirda eng uzoq bo‘lish bo‘yicha Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.
20 oktyabrda tavallud kunini nishonlagan teleboshlovchi uchun ushbu natija haqiqiy sovg‘a bo‘ldi. U bir hafta davomida - 18 martdan 24 martgacha teleefirda 25 soat 53 daqiqa va 57 soniya qolgan.
Solovyov bu borada yaponiyalik Monta Minoning 21 soat 42 daqiqalik rekordini 4 soatdan ko‘proqqa yangiladi.
Teleboshlovchining o‘zi rekordini tasdiqlab, uning qayd qilinishi uchun jonli efirda qatorasiga 5 kun davomida 5 soatdan ko‘proq boshlovchilik qilishiga to‘g‘ri kelganini ma'lum qilgan. Rekord natija “Kto protiv?” (Kim qarshi?) va “Vecher s Vladimirom Solovevym” (Vladimir Solovyov bilan kecha) ko‘rsatuvlari vaqtida o‘rnatilgan. Ushbu tok-shoular dunyodagi siyosiy vaziyatga bag‘ishlangan.
Mavzuga oid
19:05 / 13.06.2024
O‘zbekistonliklar samolyotni sudrash tezligi bo‘yicha Ginness rekordini o‘rnatdi
00:26 / 17.12.2022
20 yoshli eronlik dunyodagi eng pakana odam deb topildi
01:00 / 26.11.2022
Kanadalik muxlis jahon chempionati o‘yinlariga kirish bo‘yicha dunyo rekordini yangilamoqchi
18:55 / 11.11.2022