Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida o‘g‘irlik sodir etildi
17 oktabr kuni taxminan soat 13:00da Sergeli tumanida noma'lum shaxs xalqaro aeroport yonidagi avtoturargohda bo‘la turib, 40 yoshli M.S. tomonidan qarovsiz qoldirilgan sumkani o‘g‘irlab ketgan.
Jabrlanuvchining gaplariga qaraganda, sumkadan 500 AQSh dollari bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchining shaxsini aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Jamoat joylarida shaxsiy buyumlaringizni qarovsiz qoldirmang”, - deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025