Sport | 01:51 / 22.10.2019
42277
2 daqiqa o‘qiladi

«Oltin to‘p»ga da'vogar barcha 30 futbolchi ma'lum bo‘ldi

Fransiyaning nufuzli France Football jurnali «Oltin to‘p 2019» sovriniga nomzod bo‘lgan futbolchilarning uchinchi o‘ntaligini ham e'lon qildi.

Foto: France Football

Uchinchi o‘ntalikdan quyidagi futbolchilar o‘rin olishdi:

Lionel Messi («Barselona»), Riyod Marez, Kevin de Bryuyne (ikkalasi – «Manchester Siti»), Kalidu Kulibali («Napoli»), Antuan Grizmann («Barselona»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Eden Azar («Chelsi»/«Real»), Markinos («PSJ»), Rahim Sterling («Manchester Siti»), Joau Felish («Atletiko»).

Bungacha e'lon qilingan 20ta nomzod quyidagilar edi:

Kilian Mbappe («Pari Sen-Jyermen»), Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Donni van de Bek («Ayaks»), Per-Emerik Obameyang («Arsenal»), Mark-Andre ter Stegen («Barselona»), Sadio Mane («Liverpul»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Frenki de Yong («Ayaks»/«Barselona»), Ugo Loris («Tottenhem»), Dushan Tadich («Ayaks»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Alisson («Liverpul»), Matteys de Ligt («Ayaks»/«Yuventus»), Karim Benzema («Real»), Jorjino Veynaldum («Liverpul»), Virjil van Deyk («Liverpul»), Bernardu Silva («Manchester Siti»), Son Hyon Min («Tottenhem»), Robert Levandovski («Bavariya») va Roberto Firmino («Liverpul»).

G‘olib nomini e'lon qilish va sovrinni topshirish marosimi 2 dekabr kuni Parijda o‘tkaziladi.

2018 yilda «Real» va Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan edi.

Mavzuga oid