Sport | 18:53 / 23.10.2019
6322
2 daqiqa o‘qiladi

Gagarin Kubogining eng yaxshi hujumchisi «Humo» bilan shartnoma imzoladi

Foto: hchumo.uz

2012 yilda Moskvaning «Dinamo» klubi tarkibida Gagarin Kubogi g‘olibi va eng yaxshi golurari bo‘lgan Mixail Anisin Toshkentning «Humo» xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.

31 yoshli rossiyalik xokkeychining shartnomasi mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan. Uning moliyaviy bandlari e'lon qilinmadi. Hujumchi 23 oktabr kuni Oliy Xokkey Ligasi (OXL) doirasidagi «Buran» klubiga qarshi bahsda «Humo» tarkibida debyut qiladi.

Mixail Anisin – TsSKA tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyatida «Sibir» (Novosibirsk), «Dinamo» (Moskva), «Severstal» (Cherepovetsk), «Sochi», Qozog‘istonning «Sariarka», Ruminiyaning «Chijyeredu» klublarida o‘ynagan. 2011/12 mavsumida «Dinamo» tarkibida Gagarin Kubogi sohibi va eng yaxshi golurari bo‘lgan. KXL doirasida 382ta o‘yinda darvozalarga 106ta shayba kiritib, 96ta uzatmani amalga oshirgan.

«Humo» xokkey klubi OXL G‘arbiy konferensiyasida 15 turdan keyin 15 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi 2ta o‘yinni Toshkentda, 23 oktabr kuni «Buran», 25 oktabr kuni «Tambov» bilan o‘tkazadi.

Mavzuga oid