Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Yevroparlamentning Anqaraga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini rad etdi
Turkiya tashqi ishlar vazirligi Yevroparlamentning “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasi sababli Anqaraga qarshi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qat'iy rad etdi.
"Biz YePning “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasiga nisbatan tutgan pozitsiyasini to‘laligicha inkor qilamiz. O‘zida muntazam ravishda terrorchilarni qabul qiladigan parlamentning bu qarori bizni ajablantirmadi", - deyiladi Turkiya TIV bayonotida.
Bayonotda terrorchi deyilganida YeIda yashayotgan kurd siyosatchilari nazarda tutilgan bo‘lib, Anqara ularni Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi bilan aloqador deb hisoblaydi.
Turkiya TIVning bildirishicha, YeP "dunyodagi voqealarni yetarlicha kuzatmayapti, hodisalarni xolis baholay olmayapti va oqibatda samarali va to‘g‘ri strategiya ishlab chiqishga qodir emas".
Avvalroq Yevroparlament harbiy operatsiya boshlagani uchun "Turkiyaga qarshi tegishli va maqsadli iqtisodiy choralar ko‘rish" to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025