Britaniyada 39 kishining o‘limida gumonlanib yana ikki kishi qo‘lga olindi
Uorrington shahrida yashovchi 38 yoshli erkak va ayol qo‘lga olingan. Ular noqonuniy odam tashish va qasddan qilinmagan holatda 39 kishining o‘limida gumonlanmoqda.

Foto: AP Photo/Alastair Grant
Esseks politsiyasi yuk mashinasi ichidan 39 kishining jasadi topilishi ishi bo‘yicha yana ikki gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.
Telekanalning ma'lumot berishicha, Uorrington shahrida yashovchi 38 yoshli erkak va ayol qo‘lga olingan. Ular noqonuniy odam tashish va qasddan qilinmagan holatda 39 kishining o‘limida gumonlanmoqda.
Ichida jasadlar borligi ma'lum bo‘lgan yuk mashinasi 23 oktyabrga o‘tar kechasi Angliya sharqida, Esseks grafligidagi Greys shaharchasida topilgandi. Qotillikka aloqadorlikda gumonlanib Shimoliy Irlandiya fuqarosi, 25 yoshli haydovchi Mo Robinson qo‘lga olingan.
Politsiya yuk mashinasi Bolgariyada ro‘yxatga olingani, u Britaniyaning Purflit portiga Belgiyaning Zebryugge portidan kelganligini aniqlagan.
Mashina yukxonasida bo‘lganlarning 38 nafari katta yoshlilar va bir nafari o‘smir yoshida bo‘lgan. Bolgariya TIVning ma'lum qilishicha, yuk mashinasi Bolgariyada ro‘yxatga olingan, lekin bu hodisaga Bolgariya aloqador emas.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
Mavzuga oid

08:40 / 01.04.2020
Britaniyalik qariya dunyodagi eng keksa erkak deb topildi

09:30 / 01.02.2020
Britaniya 3,5 yillik munozaralardan keyin YeIni tark etdi. Bu qanday bo‘ldi?

00:13 / 21.05.2018