Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iordaniyada ayol futbolchilar o‘yin vaqtida hijobi yechilib ketgan raqib futbolchini to‘sib olishdi (video)
Iordaniyaning ayollar o‘rtasidagi futbol ligasining “Shabab al-Ordon” va “Amman” jamoalari o‘rtasida 2018 yilda o‘tgan uchrashuv o‘yinda namoyish qilingan antiqa “feyr-pley” sababli joriy hafta OAV e'tiboriga tushdi.
ESPN telekanalida joylashtirilgan uchrashuvdan video ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining ko‘plab ijobiy izohlariga sabab bo‘ldi.
O‘yin vaqtida bir jamoa futbolchilari raqib futbolchisiga qarshilik ko‘rsatish vaqtida tasodifan uning hijobini yechib yuborishgan. Shunda hijobi yechilib ketgan futbolchi qiz to‘xtab, hijobini to‘g‘rilay boshlagan. Ana shu payt raqib jamoaning birvarakayiga bir necha futbolchisi unga yordamga kelib, uni qurshab olib, hijobini bamaylixotir to‘g‘rilab olguncha kameralar va tomoshabinlar nigohidan to‘sib turishgan.
Ta'kidlanishicha, Iordaniyada hijob kiyish majburiy hisoblanmaydi.
Bigger than spors.
— ESPN (@espn) October 23, 2019
When a soccer player's hijab started falling off to reveal her hair, her opponens gathered around to provide cover while she fixed it. (via @JordanFA) pic.twitter.com/rSUxM0S5Xe
Futbolchilar nima yuz bergani va bu raqib qiz uchun qanchalik muhimligini darhol fahmlashgani tahsinga sazovor holatdir. Foydalanuvchilar uchrashuv qizg‘in kechayotgan bir pallada raqib futbolchisiga yordam berishni o‘yindan ustun qo‘ygan futbolchilarning bu chiroyli harakatini olqishlashgan.
Mavzuga oid
14:47 / 04.05.2025
“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov
13:57 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Iordaniya dippasport egalari uchun vizasiz kirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi
10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi
19:54 / 12.02.2025