Sport | 02:04 / 26.10.2019
12326
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Lester» mehmonda «Sauthempton»ga 9 ta gol urdi

Foto: Getty Images

APL 10-turining ilk o‘yini yakunlandi. O‘z maydonida «Lester»ni qabul qilgan «Sauthempton» 0:9 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yinning 12-daqiqasida «avliyolar» himoyachisi Rayan Bertrand qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bu esa o‘yinga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi.

Jyeymi Vardi va Ayose Pereslar het-trik qayd etgan bo‘lishsa, Jyeyms Meddison, Yuri Tilemans, Ben Chilvellar bittadan gol urishdi. Bu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 20 taga yetkazib olgan «Lester» 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Sauthempton» esa «xavfli hudud»ga tushib ketdi.

Bu o‘yindagi gollar shousi sabab «Lester» APLning joriy mavsumida urilgan gollar soni bo‘yicha «Liverpul»ni ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Lester»ning gollari soni 25 ta bo‘lsa, «Manchester Siti»da 29 ta.

APL. 10-tur
Sauthempton – Lester 0:9

Gollar: Chiluell (10), Tilemans (17), Peres (19, 39, 57), Vardi (45, 58, 90+4, penalti), Meddison (85).
Sauthempton: Gann, Bertran, Bednarek, Vestergor (Danzo, 46), Valeri (Armstrong, 70), Uord-Prouz, Xeyberg, Redmond, Romeu, Yoshida, Ingz (Stivens, 46).
Lester: Shmeyxel, Evans, Chiluell, Seyundjyu, Rikardu Pereyra, Barns (Olbrayton, 72), Ndidi, Tilemans, Meddison, Peres (Grey, 74), Vardi.
Chetlatish: Bertran (12).

Mavzuga oid