Jahon | 22:06 / 26.10.2019
15006
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiya armiyasi Suriya shimoli-sharqida o‘t ochishni boshladi

Xabarda aytilishicha, Tell-Saxr, Atiyya, Naddas, Loudi, Dardara va Jafa qishloqlari o‘qqa tutilgan. Bir nechta snaryad Ras-al-Ayn shahri yaqinidagi Al-Hamdoniya shahriga tushgan. Tinch aholi orasida jarohatlanganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagan.

Agentlikning bildirishicha, At-Tavilya va Leylan qishloqlarida turk qo‘shinlari va Suriya qurolli muxolifati hamda kurd otryadlari o‘rtasida ayovsiz to‘qnashuvlar boshlangan.

Avvalroq Firat agentligi Suriya demokratik kuchlari otryadlarining "turk armiyasi tarafida jang qilayotgan 44 yollanma askarni yo‘q qilgani" to‘g‘risidagi bayonotini tarqatgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid