Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish amaliyotiga 2023 yilda barham beriladi
O‘zbekiston hukumati qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish amaliyotidan 2023 yilning I choragida voz kechadi.
Bu haqda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da qayd etilgan. Strategiya 23 oktabr kuni prezident imzolagan farmon bilan tasdiqlandi.
Strategiyaga asosan, ekinlarni davlat tomonidan joylashtirish amaliyotiga chek qo‘yishdan oldin – 2022 yil III choragida – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensifikatsiya qilishni rag‘batlantiruvchi qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash tizimiga to‘liq o‘tiladi.
Bundan avval, ya'ni 2021 yilda:
– agrosanoat majmuida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi;
– fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarga moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi nostrategik davlat korxonalari xususiylashtiriladi;
– davlat kredit mablag‘lari hisobiga moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish amaliyotidan voz kechiladi;
– agrosanoat majmui sub'yektlari o‘rtasidagi savdo munosabatlarining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish uchun standartlashtirilgan bo‘nak shartnomalari tajriba sifatida joriy etiladi.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
21:05 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
12:05 / 16.05.2025