Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqarada IShIDga aloqadorlikda gumonlanib 20 nafar xorijlik qo‘lga olindi
Politsiya xodimlari Anqarada maxsus operatsiya o‘tkazgan. Gumonlanuvchilarning qaysi davlat fuqarolari ekanligiga aniqlik kiritilmagan.
Turkiya xavfsizlik kuchlari IShID terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilib kamida 20 nafar xorijliklarni qo‘lga oldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, politsiya xodimlari Anqarada maxsus operatsiya o‘tkazgan. Gumonlanuvchilarning qaysi davlat fuqarolari ekanligiga aniqlik kiritilmagan.
Shu bilan birga, 27 oktabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy Amerika harbiylari tomonidan o‘ldirilganini e'lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar rahbari bilan birgalikda guruhning ko‘plab a'zolari ham o‘ldirilgan.
Rossiya mudofaa vazirligi esa al-Bag‘dodiyning o‘ldirilgani to‘g‘risida ishonchli ma'lumotga ega emasligini bildirdi va AQShdan uning o‘ldirilganiga dalil keltirishni so‘radi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025