Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada Yevropadagi eng ashaddiy jinoyatchilardan biri qo‘lga olindi
Qo‘lga olingan jinoyatchi Lyuksemburgda 22 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. U Marbele shahrida tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan chog‘ida qo‘lga olingan.
Yevropada qidiruvda bo‘lgan, Yevropol ro‘yxatiga kiritilgan jinoyatchilardan biri Ispaniyada qo‘lga olindi. Bu haqda Ispaniya milliy politsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2013 yil 2 apreldan 3 aprelga o‘tar kechasi, bir guruh qurollangan shaxslar Lyuksemburgdagi pul tashuvlarini qo‘riqlash kompaniyasi shtab-kvartirasiga hujum uyushtirgan. Ular portlovchi moddalar yordamida eshiklarni buzishgan, ammo pullar saqlanadigan bunkerga kira olishmagan.
Hujum qilganlar va voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari o‘rtasida otishma yuz bergan, jinoyatchilar qochib ketishga va Belgiya chegarasini kesib o‘tishga muvaffaq bo‘lishgan.
Qo‘lga olingan jinoyatchi Lyuksemburgda 22 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. U Marbele shahrida tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan chog‘ida qo‘lga olingan. Uning yonidan soxta hujjatlar topilgan.
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
18:21 / 18.05.2025