Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qishloq qurilish invest» injiring kompaniyasi xususiy sektorga o‘tkaziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 oktabr kuni aholini uy-joy bilan ta'minlash va ipoteka bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda qishloqlarda uy-joy qurish tizimini isloh qilish masalasiga ham e'tibor qaratildi.
«Bu borada ham raqobat va sifat bo‘lishi uchun buyurtmachi funksiyasi «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasidan bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazilishi belgilandi», — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
2020 yilda 12 mingta uy-joydan 8 mingtasi amaldagi tartib bo‘yicha, 4 mingtasi xususiy sektor tomonidan qurilishi ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga uy-joylarni xususiy sektor tomonidan qurishning yangi tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Yig‘ilishda, shuningdek, shaharsozlik normalarini takomillashtirish, qishloqlarda qurilayotgan uylarni muhandislik infratuzilmasiga ulash, ekin yerlariga o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurilishini oldini olish va muhofazasini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Mavzuga oid
15:28 / 05.08.2020
Oqoltindagi qurilish ishlarida 1,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi
20:30 / 20.11.2019
Qishloqlardagi namunaviy uylar qachongacha malakasiz quruvchilar tomonidan quriladi? Vazir o‘rinbosari izoh berdi
11:31 / 03.10.2019
Navoiyda «Qishloq qurilish invest» MChJ IK tomonidan 2018-2019 yil rejasi qay darajada bajarildi?
21:58 / 18.09.2018