Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish vaziri o‘rinbosari: «Renovatsiya – osonlik bilan kechadigan jarayon emas»
29 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi mamlakatda ko‘p kvartirali uylarning holatini yaxshilash maqsadida Renovatsiya dasturini ishlab chiqish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bo‘yicha tegishli vazirliklarning axboroti eshitildi.
Unda ma'lum qilinishicha, mamlakatdagi 455ta ko‘p qavatli uy avariya holatida. Bu uylarning 80 foizi texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan, qolganlarining texnik holatini aniqlash ishlari ham yil oxirigacha yakunlanadi.
«Ko‘rik natijalariga qaraganda, [avariya holatidagi ko‘p kvartirali] uylarning aksariyati seysmik bardoshliligi, energiya samaradorligi bo‘yicha talab darajasida emas. Texnik ko‘rik to‘liq yakunlangach, seysmik nosoz uylar buziladi, buzilmaydiganlari esa energiya auditidan o‘tkaziladi», ─ dedi Qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov.
Hoshimovga ko‘ra, eskirib qolgan uylar o‘rniga yangilarini qurishni nazarda tutuvchi renovatsiya dasturi nafaqat aholi uchun qulay turar joy qurish, balki kerakli o‘rinlarda ijtimoiy infratuzilma bunyod etilishini ham maqsad qilishi lozim.
«Hudud bosh rejasini tuzishda faqatgina turar joylarning qurilishiga emas, balki ijtimoiy infratuzilma, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining ham muvofiq tarzda bunyod etilishini nazarda tutish kerak.
Renovatsiya – osonlik bilan kechadigan jarayon emas. Rivojlangan Xitoyda ham bu jarayon 70 yildan beri davom etadi.
Renovatsiya hamda ijtimoiy infratuzilma bunyodkorligi to‘g‘ri uyg‘unlashtirilsa, hududning iqtisodiy jozibadorligini oshirishga erishish mumkin», ─ dedi vazir o‘rinbosari.
Bundan oldin, O‘zbekistondagi ko‘p qavatli uylarning yarmidan ko‘pi ta'mirtalab ahvoldaligi ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
10:55 / 15.03.2025
Qurilish vazirligi huzurida "Issiqlikta’minoti" AJ tashkil etiladi
18:10 / 25.02.2025
Sirdaryoda renovatsiya dasturi asosida 15 ming xonadonli uy-joylar quriladi
10:35 / 24.02.2025
Buzilayotgan turar va noturar joy obektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi
10:41 / 21.02.2025