Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Xitoy sholichilikni rivojlantirish markazi tashkil etiladi
Qishloq xo‘jaligi vazirligida Zhongnongfa Seed Industry Group.Ltd kompaniyasi menejyeri Chen Jangjuy bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tashrif doirasida xitoylik mutaxassislar Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Buxoro viloyatlarida bo‘lib, mahalliy hokimiyat vakillari va soha mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, ushbu hududlardagi qurg‘oqchil va sho‘rlangan yerlarning holatini o‘rgandi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, sholichilik bo‘yicha qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish, tuproq sharoitini o‘rganish, sug‘orishning yangi texnologiyalari va boshqalar muhokama etildi. Xususan, delegatsiya rahbari Chen Jangjuy zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ekinlar hosildorligini yaxshilash bo‘yicha (sholi, paxta, chorvachilik uchun ozuqa) hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi. Chen Jangjuy O‘zbekiston-Xitoy sholichilikni rivojlantirish markazi tashkil etilishining manfaatli tomonlari, shuningdek mamlakatimizning ayrim hududlaridagi qurg‘oqchil va sho‘rlangan yerlarni yaxshilash borasidagi qo‘shma loyihalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston tomoni Zhongnongfa Seed Industry Group.Ltd kompaniyasi ishtirokida respublikada yangi texnologiyalarni qo‘llagan holda qishloq xo‘jaligini o‘rganish va yaxshilash borasida markaz tashkil etilishidan manfaatdor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025