Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tomorqa yeridan samarasiz foydalangan fuqarolarga yer solig‘ining 3 barobari miqdori qo‘llanadi
O‘zbekistonda tomorqa yeridan samarasiz foydalanganligi uchun xonadon egasiga yer solig‘ining uch barobari miqdorini qo‘llash amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida aytilgan.
Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi (B.Musayev) O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.Xaitov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh.Javlonov), tuman(shahar)lar 4 ta sektor rahbarlari bilan birgalikda tomorqa yeridan samarasiz foydalanganligi uchun xonadon egasiga joriy yil uchun hisoblangan yer solig‘ining uch barobari miqdorini qo‘llash amaliyotini tumanlar kesimida tahlil qilib, ushbu ta'sirchan choralarni keng miqyosda qo‘llashni nazarda tutadi hamda zarurat tug‘ilganda qonunchilikka o‘zgartirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Husanov), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.Xaitov):
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tizimidagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlarida, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi “Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi”da, boshqa ixtisoslashtirilgan kasbga o‘qitish muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda ishsiz fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora tadbirlarini tashkil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan ishsiz fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun - “Tomorqa xizmati” MChJ, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiyalar ajratish amaliyotini keng joriy etadi;
Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (B.Ashrafxonov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi (Sh.Javlonov) va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi (E.Bositxonova) birgalikda dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda, sug‘urta badali to‘langan yil mehnat stajiga kiritilishi to‘g‘risida ijtimoiy roliklar tayyorlab, ommaviy axborot vositalari orqali va joylarga chiqqan holda keng targ‘ibot va tashviqot ishlarini muntazam olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.Vafoyev), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xo‘jayev) va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (Sh.Shoahmedov) dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yerlarini rivojlantirish asosida qishloq aholisining daromadlarini oshirish uchun Jamg‘armaga Jahon banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari, zayomlari va grantlarini jalb etish choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
12:05 / 05.04.2025
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi
17:02 / 02.04.2025
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi
11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
21:20 / 19.02.2025