Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Trampni AQShning eng yaxshi prezidenti deb atadi
Suriya prezidenti Bashar Asad AQSh prezidenti Donald Trampni AQSh tarixidagi eng yaxshi prezident deb ta'rifladi. Chunki u o‘z maqsadlari, misol uchun, neft konlari ustidan nazoratni qo‘lga olmoqchiligi haqida ochiq-oydin gapiradi. Asad bu haqda Suriya davlat telekanallariga intervyusida aytib o‘tdi.
“U o‘z siyosati sababli emas, balki eng ochiq-oydin bo‘lgani uchun eng yaxshidir. U ochiqchasiga “bizga neft kerak”, “biz falonchi-falonchidan xalos bo‘lmoqchimiz”, “pul evaziga xizmatlar ko‘rsatamiz”, deb aytadi. AQShning siyosati shundaydir. Ochiq-oydin dushmandan ham yaxshirog‘i bormi?”, deb aytgan Asad.
Suriya prezidenti umuman olganda AQSh prezidentlari jinoyatchilar hisoblanishi, biroq shunga qaramay, ma'lum doiralarning manfaatlarini himoyalab ba'zida tinchlik uchun Nobel mukofotlari ham olishlarini kinoya bilan aytgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025