Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirolicha Yelizaveta II Britaniya parlamentiga muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishini ma'qulladi
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 2019 yil 12 dekabrda parlamentga muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishiga rozilik berdi. Bu haqda Britaniya parlamenti quyi palatasi spikeri Jon Berkou ma'lum qildi.
Britaniya OAV ta'kidlashicha, saylovlar o‘tkazilishi haqidagi qonun loyihasi endi qonuniy kuchga ega bo‘ldi.
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson parlamentga muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishi tashabbusini ko‘rib chiqish uchun kiritgandi, biroq bu tashabbus uch marta ham deputatlarning uchdan ikki ovozini to‘play olmagan.
Shundan keyin Jonson parlamentga tashabbus emas, qabul qilinishi uchun ko‘pchilik ovoz kifoya qiladigan qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kiritishini aytgan.
So‘ngra u bo‘yicha parlamentda ovoz berilgan. Saylovlar o‘tkazilishini 438 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 20 deputat unga qarshi chiqqan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025