Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Asqar Maminni qabul qiladi
Joriy yilning 2 noyabr kuni Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan majlisida ishtirok etadi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri sayti xabar bermoqda.
Toshkentda Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Toshkentda 1-2 noyabr kunlari o‘tadigan nufuzli anjumanda ShHTga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha ShHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025