Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatida M-600 markali yuqori sifatli sement ishlab chiqarish boshlanadi
Zavodning yillik 1,3 million tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan dastlabki bosqichi 14 oydan keyin ilk mahsulotini bera boshlaydi.
Namangan viloyatidagi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida Xitoy investitsiyalari ishtirokida barpo etiladigan yirik sement zavodida M-600 markali yuqori sifatli sement ishlab chiqariladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 2 noyabr kuni xitoylik investorlar guruhi bilan o‘tkazgan uchrashuvida ushbu loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

35 gektar hududda ikki bosqichda barpo etiladigan ushbu yirik sement zavodi loyihasining umumiy qiymati 100 million AQSh dollaridan oshiq bo‘lib, loyiha to‘laligicha xitoylik investorlar tomonidan moliyalashtiriladi. Zavodning yillik 1,3 million tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan dastlabki bosqichi 14 oydan keyin ilk mahsulotini bera boshlaydi.
Dilmurod Jumaboyev
Mavzuga oid
09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi
18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:51 / 08.03.2025