Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng serdaromad kompaniya Saudi Aramco ilk bor aksiyalarini sotuvga chiqaradi
Saudiya Arabistonining kapital bozori bo‘yicha boshqarmasi (CMA) dunyoning eng serdaromad kompaniyasi - Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining o‘z aksiyalarini qisman sotuvga chiqarishga arizasini ma'qulladi.
Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon ma'qullagan ushbu IPO dunyodagi eng yirigi bo‘lishi kutilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Saudi Aramco joriy yil oxirigacha 1 foiz, 2020 yilda esa yana 1 foiz aksiyasini sotuvga chiqarmoqchi. Hammasi bo‘lib birjaga 5 foiz aksiya chiqarilishi mumkin.
Valiahd shahzoda kompaniyaning IPO davomidagi qiymati 2 trln dollarga, 5 foiz aksiyasi esa 100 mlrd dollarga baholanishi mumkinligini prognoz qilgan.
Ta'kidlanishicha, aksiyalar Tadawul birjasida joylashtiriladi.
Sentyabrda hissasiga dunyoda ishlab chiqariladigan neft xomashyosining 5 foizi to‘g‘ri keladigan kompaniyaga dronlar yordamida hujum qilingandi. Buning oqibatida Saudiya Arabistonining neft ishlab chiqarish hajmi yarmigacha kamayib ketgandi, biroq keyinroq yana avvalgi hajmda tiklangandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025