O‘zbekiston | 15:01 / 04.11.2019
79736
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: KUN.UZ

Kecha, 3 noyabr kuni, O‘zbekistonning katta qismida ko‘proq oktabr oyi uchun xos bo‘lgan iliq va ochiq ob-havo kuzatildi. Harorat kunduzi 22-25 daraja iliq bo‘ldi, bu shu kunning me'yoriy ko‘rsatkichlaridan 3-5 darajaga yuqori.

«O‘zgidromet»ning yozishicha, mamlakat shimoliga Ural hududidan salqin havo oqimi kirib kelishni boshladi, Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik, Ustyurtda esa birinchi qor yog‘di. Ushbu joylarda harorat 10-15 daraja, Ustyurtda ayrim joylarda 0 darajagacha pasaydi. Kechasi sovuq oqim respublikaning barcha hududlariga tarqaldi, mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda jalaga aylanib harorat keskin pasaya boshladi. 

Bildirilishicha, bugun yog‘ingarchilik to‘xtaydi, harorat 8-10 darajani, shimolda 3-8 darajani tashkil qiladi. 

5 noyabrdan 9 noyabrgacha O‘zbekistonda sovuq antitsiklon hukmronlik qiladi, ob-havo kam bulutli bo‘lib yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kechasi va 5 noyabr kuni tongda Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanib turadi. 

Kechasi harorat 0-5 daraja iliq, atrofida bo‘ladi, 5-7 noyabrda ilk kuzgi ayoz kuzatiladi, kunduzgi harorat 5-7 noyabrda 8-13 daraja, 8-9 noyabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid