Jahon | 21:05 / 05.11.2019
21358
1 daqiqa o‘qiladi

42 yil avval koinotga uchirilgan qurilma yulduzlararo bo‘shliqdan ilk ma'lumotlar jo‘natdi

AQShning “Voyajyer-2” tadqiqot qurilmasi yulduzlararo bo‘shliqdan ilk ma'lumotlarni jo‘natdi. Bu haqda NASA koinot agentligi xabar berdi. Hozirda zond Pluton orbitasidan ancha uzoqlashib, sayyoramizdan 18 mlrd kilometr uzoqlikda o‘tish hududida uchmoqda.

Foto: NASA

Qurilma Quyosh ta'siri sohasi – geliosferadan tashqarida plazma zichroq va sovuqroqligini tasdiqlagan. Bundan tashqari, Quyosh tizimidan tashqarida halokatli koinot nurlari tezligi keskin oshishi aniqlangan. Avvalroq olimlar Quyosh sayyoralarni bu nurlanishning 70 foizidan himoyalashini aniqlashgandi. Zondning ma'lumotlariga ko‘ra, koinot zarralari oqimi noaniq sabablarga ko‘ra geliosferadan tashqariga ketadi.  

Foto: NASA

Qurilma 1977 yilda Quyosh tizimi sayyorlarini o‘rganish uchun uchirilgan. U Yupiter va Saturn yonidan uchib o‘tib, 1986 yilda Uranga, 1989 yilda esa Neptunga yetgan. Fazoviy qurilma Quyosh tizimi chegarasini kesib o‘tgan ikkinchi qurilma bo‘lgan. Ushbu chegarani tarixda birinchi bo‘lib 1977 yilda uchirilgan “Voyajyer-1” qurilmasi 35 yil o‘tib kesib o‘tgan.

Mavzuga oid