Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV «01 001 VIP» avtoraqami paydo bo‘lgani haqidagi ma'lumotga munosabat bildirdi
Internetda “01 001 VIP” davlat raqam belgisi bilan bog‘liq videotasvir tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB xabariga ko‘ra, avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi “Uzavtomotobelgi” Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirdagi 01 001 VIP ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi “Uzavtomotobelgi” Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqarilmaganligi ma'lum qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti (O‘zDSt 640:2014) talablari asosida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilari ishlab chiqarilishida “I” harfi ishlatilmasligi ham bildirib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, davlat raqam belgilarini qo‘lbola usullarda yasash va ulardan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni yuzaga keltiradi. O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi 6-qismiga asosan Davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish - bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025