Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tojikiston 300 gektar yerni O‘zbekistonga beradi. U yerda oltin koni bor
Tojikiston ikki tomonlama shartnomalar asosida 300 gektar yerni O‘zbekistonga bermoqda. Hozirda ular So‘g‘d viloyati Mastchoh tumaniga tegishli. Bu haqda «Faraj» nashri o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
«Faraj» manbasining ta'kidlashicha, ushbu yerlar hududida so‘nggi yillarda Tojikiston-Kanada qo‘shma korxonasi - «Aprelevka» tomonidan o‘zlashtirilgan oltin koni mavjud. Kon Navbahor jamoatining Obi-Shifo qishlog‘i yaqinida joylashgan.
Nashr manbasining xabar berishicha, «O‘zbekistonga topshiriladigan 300 gektar maydonda so‘nggi 10 kun ichida hududni po‘lat simlar bilan yopish ishlari olib borilyapti».
So‘g‘d viloyati Yer qo‘mitasi rahbari Jamshid Umarzodaning «Faraj» muxbiri bilan telefon orqali suhbatda ma'lum qilishicha, «hozir bu masala ko‘rib chiqilmoqda va faqat Tojikiston hukumati ushbu mavzu bo‘yicha izoh bera oladi».
Mavzuga oid
13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
11:33 / 28.03.2025