Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravshan Ermatov: «Britaniyada 21 foiz aholi futbol bilan shug‘ullanadi, bizda 0,14 foiz»
O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov prezidentning «2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi farmoni yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov mamlakatning qancha qismi futbol bilan shug‘ullanayotgani haqida ma'lumot berdi.
«Nega Angliyada futbol rivojlangan?», deb so‘raymiz. Quyidagi statistikaga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Britaniyada 11 million odam futbol bilan muntazam shug‘ullanadi. Bu aholining 21 foizi degani. Rossiyada 6 million (aholining 4 foizi), Germaniyada 16 million (aholining 20 foizi) odam futbol bilan shug‘ullanadi.
Taqqoslash uchun, bizda bu ko‘rsatkich 0,14 foizni tashkil qiladi.
Britaniyada 39 mingta, Germaniyada 5 mingdan oshiq, Rossiyada 2 245ta futbol maktabi bor. Bizda esa bunday maktablar soni 209ta. Biz futbolni rivojlantirishni aynan quyi bo‘g‘inlardan boshlashimiz, futbol maktablarini ko‘paytirishimiz, maktablardam ham futbol to‘garaklari sonini oshirishimiz kerak», deya Ermatovning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:23 / 25.04.2025
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi
15:21 / 26.02.2025
Ravshan Ermatov: «Osiyo kubogi mezbonligi bizga topshirilsa, Markaziy Osiyo tarixdagi eng yorqin forumlardan birini o‘tkaza oladi»
19:51 / 12.02.2025
DXX raisi Bahodir Qurbonov nomzodi O‘FA prezidentligiga ilgari surildi
20:13 / 22.01.2025