Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda xalqaro yozgi turistik maktab tashkil etiladi
4 noyabr kuni O‘zbekistondagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti va Qozog‘istonning Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi. Unga asosan, 2019-2020 o‘quv yili so‘ngida Samarqand shahrida yozgi turistik maktab tashkil qilinishi kutilmoqda.
Bu haqda Qozog‘istonning Turkiston shahrida boshlangan «Bir yo‘l – bir tarix» xalqaro turistik forumini yoritayotgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Ipak yo‘li turizmi universiteti rektori o‘rinbosari Azamat Akbarovning so‘zlariga ko‘ra, yozgi turizm maktabida qirqqa yaqin talaba amaliyot o‘taydi.
«Ta'lim memorandumi ikki mamlakat turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga hissa qo‘shishi bilan birga, sohani ilmiy jihatdan rivojlantirishga imkon yaratadi.
Universtitetning turizm fakulteti bilan hamkorlik bo‘yicha kelishib oldik. 2019-2020 yil o‘quv yili so‘nggida Samarqand shahrida yozgi maktab tashkil qilishni rejalashtirdik. Qozoq va xorij talabalari, o‘qituvchilari tashrifi kutilyapti. Samarqandda qirqqa yaqin talaba amaliyot o‘taydi», – deydi Akbarov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, talabalarning ilk marotaba Samarqand shahriga tashrifi tajriba vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga, yoshlar turizmiga ham katta yo‘l ochiladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Turkistonda «Bir yo‘l – bir tarix» turistik forumi boshlangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
13:52 / 09.03.2025