Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
11 noyabrda kamyob astronomik hodisa kuzatiladi
«Merkuriy tranziti» dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:36da boshlanib, 23:04gacha davom etadi.
11 noyabr kuni kamyob astronomik voqea – Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi saytida ma'lum qilindi.
«Merkuriy tranziti» deb ham ataladigan bu holat Toshkent vaqti bilan soat 17:36da boshlanib, 23:04gacha davom etadi. Bunda Merkuriy sayyorasi Quyosh va Yer o‘rtasida bo‘ladi.

O‘zbekistonda bu vaqt Quyosh botishiga to‘g‘ri kelishi hisobga olinsa, tranzitni faqat Qoraqalpog‘iston hududida qisman kuzatish imkoni bor.
Shimoliy Amerikada Quyosh chiqishi paytida, Janubiy-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari, Afrika va Yevropa qit'alari hududlarida esa Quyosh botayotgan paytda uni kuzatish imkoni mavjud. Janubiy Amerika materigi aholisi tranzitni to‘liq 6 soat kuzatishi mumkin.
Mavzuga oid
18:13 / 10.03.2025
Quyoshdagi uchta teshik tufayli Yerning geomagnit holati yomonlashdi
18:36 / 10.01.2025
BepiColombo zondi Merkuriyning ajoyib tasvirlarini yubordi
16:51 / 16.11.2024
Bundan 50 yil oldin o‘zga sayyoraliklarga birinchi xabar yuborilgandi. Unda nimalar yozilgan?
20:25 / 14.11.2024